O‘z nomzodini davat rahbari lavozimi uchun ilgari surgan Fransiya sobiq bosh vaziri Manuel Vals sudga murojaat qilib, unga tarsaki tushirgan yigit ustidan shikoyat qiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq BFMTV telekanali Bretanga tashrif buyurgan vaqtda Manuel Vals tarsaki yeyishiga sal qolgani haqida xabar bergan edi. Voqea Kot-d’Armor departamentidagi Lambal kommunasidan chiqish vaqtida sodir bo‘lgan edi.
“Biz ushbu xatti-harakatni e’tiborsiz qoldirib, bunday shafqatsizlikni ma’qullamoqchi emasmiz. Bunday qiliqni oqlab bo‘lmaydi”, — dedi Vals.
18 yoshli yigit davlat organining vakolatli xodimiga nisbatan zo‘ravonlik akti uchun hibsga olingan.
Izoh (0)