Tehron Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Suriyadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarda AQSh ishtirok etishiga qarshi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Biz AQSh muzokaralarda qatnashishiga qarshimiz. Biz ularni taklif etmaganmiz va ularning ishtirokini ma’qullamaymiz.Rossiya, Eron, Turkiya va Suriyadagi tomonlar ishtirokidagi Ostonadagi uchrashuv 23-yanvar, Jeneva muzokaralari esa 8-fevralda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. Ularda BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura qatnashadi.Javod Zarif, Eron tashqi ishlar vaziri
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni kuchda qoldirgani ma’lum qilingandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)