Biz sizga ofisda o‘rinli bo‘lgan manikyurlarning bir necha variantlarini taqdim etmoqchimiz.
Klassik uslubdagi manikyurni xilma-xil qilish maqsadida nomsiz barmoqni tillarang qoplama yordamida ajratib bo‘yash ham mumkin.
Bu mavsumning neyl-trendi – pastel rangdagi bo‘yoqlar qoplamasi. Pastel ranglardagi manikyurlar uzun tirnoqlarga ham, qisqa tirnoqlarga ham mos tushadi.
Aktual hisoblangan bir xil rangli tirnoqlar ham ofis uchun o‘rinli bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
Ishchanlik qiyofasiga doimo french juda mos keladi. Bu mavsumda uni yanada qiziqarli qilish uchun yaltiramaydigan laklardan foydalanish mumkin.
Har doim neytral bo‘lgan klassik uslubdagi ranglarni tanlang.
Saranjom-sarishtalik – ishchan uslubning eng muhim qoidalaridan biri. Manikyurni o‘z vaqtida yangilab turishni unutmang, hech bo‘lmasa rangsiz lak surib qo‘ying.
Izoh (0)