Shunday tendensiyalar borki, moda o‘zgarsa ham uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.
Och ko‘k ko‘ylak
Ko‘k – tozalik, soflik va go‘zallik rangi. Bu rangning har xil tuslaridan yil mavsumlariga mos qilib tikilgan ko‘ylaklar hamma ayollarga yarashadi. Yozda shoyi yoki paxta matolardan yengi kalta qilib tikilgan, sovuq mavsumda esa uzun yengli va yoqasi tik ko‘ylaklarni kiyishingiz mumkin. Bu liboslarga gulli taqinchoqlar juda mos tushadi.
Guldor buyumlar
Mayda gulli ko‘ylagingizni yoz paytlari maza qilib kiyasiz. Agar siz nozikroq uslubni ma’qul ko‘rsangiz Dolce&Gabbana andozasidagi yirik gulli ko‘ylaklarni tanlashingiz mumkin.
No‘xat gulli ko‘ylak
Bizga har xil ko‘rinishdagi no‘xat (mayda, yirik, yurak shakldagi) rasmli kiyimlar juda yoqadi. U hatto qishda ham o‘z aktualligini yo‘qotmaydi – no‘xat rasmli sviterlar yoki sharflar kimga yarashmaydi deysiz?
Abstraksiya
Ranglar o‘rtasidagi chegara aniq yoki mutanosib bo‘lishi shart emas. Oxirgi mavsumning eng asosiy uslublaridan biri – ajoyib taassurot qoldiruvchi turli xil bo‘yoqlar tasviri. Masalan, yozda abstrakt tasvirli futbolkalar juda aktual hisoblanadi, qishda esa sviter, shim hatto issiq ko‘ylaklarni ham kulrang kardigan bilan kiysangiz bo‘ladi.
Izoh (0)