Bu mavsumda gyorlfrend uslubidagi jinsilar urf bo‘la boshladi. Gyorlfrend jinsilarining bel chizig‘i boyfrend jinsilardan farqli o‘laroq, yuqoriroq joylashgan bo‘lib, qomatga chiroyli tarzda yopishib turadi.
Gyorlfrendlarni ish kiyimi sifatida ham, romantik oqshomlarda va ko‘chada ham bemalol kiyish mumkin.
Nima bilan kiyiladi?
Ayollar o‘rtasida ayniqsa klassik uslubdagi gyorlfrend jinsilar ommabop hisoblanadi. Ularni yengil shoyi koftalar va sport uslubidagi futbolkalar bilan kiyish mumkin.
Klassik uslubdagi gyorlfrendlarga uzun pidjaklar, jaketlar va kardiganlar ham mos keladi. Bu qiyofaga poshnali tufli va bosonojka, poshnasiz tumshug‘i uzun tuflilar va tanketkalar juda yarashadi.
Izoh (0)