2017-yilda urflar borasida turli xillik kutilmoqda.
Legginslar
80-yillarda televizor orqali aerobika mashqlarini bajaruvchi ayollar kiygan leggins yana qaytib keldi. Ularni ko‘ylak yoki uzun tunikalar va qalin tagcharmli oyoq kiyimlari bilan kiyish mumkin.
Neon (yorqin ranglar)
Har xil yozuvlar va yirik printlar o‘rnini nozik gulli naqshlar egalladi.
Neylon
Bu yil neylon matosi yana urfga kirdi. Siz ham neylondan zamonaviy uslubda tikilgan liboslarni bemalol tanlashingiz mumkin.
Keng yelkalar
Sal qo‘pol va kuchli yelkalarsiz kiyimni tasavvur qilish qiyin. Siz ham klassik uslubdagi kostyumingiz yoki kichkina qora ko‘ylagingizni yangi ijroda tasavvur qilib ko‘ring.
Qanday kiyinishni tanlasangiz ham, eng asosiysi qulaylik va oddiylik hisoblanadi.
Izoh (0)