Rezavor mevalar sog‘lom ovqatlanishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ular yangi uzilgan paytida eng mazali bo‘lsa-da, yil bo‘yi iste’mol qilib turish maqsadida ko‘pincha muzlatib saqlanadi.
Rezavor mevalar – antioksidantlar bo‘lib, ularning tarkibida antotsianin, kversetin moddalari va C vitamini ko‘pdir.
Antotsianinlar mevalarga yorqin rang beradi. Ular qanchalik rangdor bo‘lsa, shunchalik antioksidantlarga boy hisoblanadi. Bu modda yallig‘lanishni kamaytiradi va artrit kasalligining oldini olishga yordam beradi.
Kversetin revmotoid artrit holatini yengillashtirishga yordam beradi.
C vitamini tirnoqlar va sochlarning sog‘lom o‘sishini ta’minlashga yordam beradi. Artritning rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Bu “suvli mahsulot”lar tarkibida kletchatka va foli kislotasi mavjud bo‘lib, kletchatkalar qondagi xolesterinni va bosimni pasaytirishga yordam beradi. Foli kislotasi esa yurak-tomir kasalliklari va xotira pasayishining oldini oladi.
Izoh (0)