Xitoy sportiga javobgar ma’muriyat mamlakat futbol klublarining transfer siyosati va futbolchilarning oylik-maoshlari uchun sarf etilayotgan pullarga cheklov qo‘yilishi haqida ma’lum qildi, deb yozdi “Sports.ru”.
“Futbolchilar va transfer uchun sarf etilayotgan pullar uchun maksimal narx belgilab beriladi. Jamoalar yulduz futbolchilar uchun pullarni aql bilan ishlatishi kerak”, — deb yozilgan ma’muriyat bayonnomasida.Qayd etilishicha, bunga qadar ham bir qator muammolar ko‘tarilgan, biroq futbol klublari o‘zidan kelib chiqib, futbolchilarning oyligi va ularni sotib olish xarajatlari uchun keragidan ko‘p pul sarf etishdan to‘xtamagan. Shu boisdan ham Xitoy sportiga javobgar tashkilot belgilab qo‘yilgan normadan chetga chiqqan futbolchi va agentlarni jiddiy jazolashga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Xitoy klublari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga soliqlarsiz yiliga 100 million yevro taklif qilgan bo‘lsa, mamlakat hukumatining o‘zi Zlatan Ibrahimovich uchun har yili 120 milliondan to‘lamoqchi bo‘lgandi.
Izoh (0)