Boks bo‘yicha ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Rikardo Mayorga Nikaragua poytaxti Managuadagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kaltaklandi. Bu haqda BoxingScene ma’lum qildi.
Sobiq sportchiga noma’lum kimsa bita bilan tashlandi va bir necha bor zarba berdi. Mazkur hujumga ular o‘rtasida shoxobchada navbatda turgan payt yuzaga kelgan mojaro sabab bo‘lgani bildirilmoqda. Noma’lum shaxs 43 yoshli bokschini yuzini qonga bo‘yab, voqea joyidan g‘oyib bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Mayorga professional faoliyati davomida 41 ta jang o‘tkazib, ulardan 31 tasida g‘alaba qozongan. 2015-yilda o‘tkazgan oxirgi bellashuvida amerikalik Sheyn Mozliga imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)