Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan terma sardori Odil Ahmedov faoliyatini qayerda davom ettirishi haqidagi axborot bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Samvel Babayanning qayd etishicha, hozirda Rossiyaning “Krasnodar” klubida to‘p surib kelayotgan Odil Ahmedov hozirgi klubiga naf keltirishda davom etish niyatida.
Men payshanba kuni Odil bilan gaplashdim. U Rossiya jamoasini tark etmoqchi emasligi aytdi, “Krasnodar”ning yig‘iniga borib, o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashadi. Hozir u Toshkentda ta’tilda.Avvalroq Odil Ahmedovga Xitoyning bir qator klublari qiziqish bildirayotgani, ayni vaqtda, u “Shanxay SIPG” klubi bilan shartnoma imzolab bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.Samvel Babayan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Xitoyning “Shandong Luneng” klubi “Krasnodar”dan Odil Ahmedovni 8 million yevroga sotib olishga yaqin
OAV: Odil Ahmedov braziliyalik Xalk va Oskar o‘ynaydigan Xitoy klubi bilan shartnoma tuzib bo‘lgan
Bundesligada to‘p surish orzusidagi Odil Ahmedov Ispaniya, Germaniya va Fransiya klublaridan takliflar borligi haqida aytdi
Izoh (0)