Xitoy janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasi rasmiylari H7N9 parranda grippi yuqishi bilan bog‘liq yangi holatni tasdiqladi. Mamlakat milliy radiosiga ko‘ra, oxirgi haftalarda virus bilan kasallanish holatlari 19 taga yetgan, deya xabar beradi “TASS”.
“Parranda do‘konining 49 yoshli xodimi kasalxonaga joylashtirildi”, — deyiladi rasmiylar bayonotida.
Xitoyda H7N9 ommaviy tarqalishi 3 yil avval qayd etilgan, o‘shanda virus tufayli 36 kishi o‘lgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)