AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Iroq va Suriyadagi bombardimonlari bugungi kungacha 188 nafar tinch aholi vakili o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi harbiy operatsiya shtabi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Operatsiya boshlanganidan beri koalitsiya zarbalari tufayli kamida 188 nafar tinch aholi vakili qasddan bo‘lmagan holda o‘ldirilgan. Biz Iroq va Suriyada IShIDni yo‘q qilishga qaratilgan harakatlarimiz tufayli fuqarolar halok bo‘lganidan afsus bildiramiz va ularning yaqinlariga hamdardlik izhor etamiz.Hujjatda, shuningdek, koalitsiya aybi bilan Iroq va Suriyada tinch aholi o‘rtasidagi qurbonlar haqida yetkazilgan 13 ta xabar “asosli emas” deb topilgani bildirilgan.IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi harbiy operatsiya shtabi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)