Credit Suisse AQSh rasmiylari bilan 5,28 milliard dollar jarima to‘lanishini nazarda tutuvchi kelishuvga erishdi. Bu haqda Shveysariya banki tomonidan tarqatilgan rasmiy bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Bank AQSh davlatiga 2,48 milliard va ko‘chmas mulk bozorida narxlar tushib ketganidan jabrlangan uy egalari hamda mahalliy jamoalarga tovon tariqasida 2,8 milliard dollar to‘laydi.
AQSh rasmiylari bir qator yirik banklar 2008-yilda ro‘y bergan moliyaviy inqiroz arafasida qimmatli qog‘ozlar xavfi omilini pasaytirgan va ular oxir-oqibat Amerikaning Fannie Mae hamda Freddie Mac ipoteka kompaniyalariga sotilgan, deb hisoblaydi. Shu paytgacha mamlakat rasmiylari 6 ta bank tomonidan 46 milliard dollar jarima to‘lanishiga erishdi.
Izoh (0)