NATO o‘zining ittifoqdoshlariga nisbatan bevosita tahdidni ko‘rayotgani yo‘q, biroq Rossiya alyans chegaralarida o‘zini tobora tajovuzkor tutmoqda. Bu haqda NATO rasmiy vakili Oana Lungesku ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Alyans rasmiy vakili shu tariqa Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning NATO Rossiyani asosiy xavf deb e’lon qilgani va mamlakat chegaralari yaqinida harbiy salohiyatini kuchaytirayotgani haqidagi bayonotiga javob qaytardi.
“Rossiya qurolli kuchlarining moliyalashtirilishi va modernizatsiyasi sezilarli ravishda kuchayayotgani, o‘n minglab harbiyni jalb etgan holda to‘satdan amalga oshirilayotgan mashqlar va qo‘shnilarga nisbatan harbiy kuchni ishlatishga intilish NATOda xavotir uyg‘otmoqda”, — deya ta’kidladi Lungesku.
Izoh (0)