Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniiyasi A-320 samolyotini egallab olganlar qurol o‘rniga mulyajdan foydalangan. Bu haqda Malta hukumati rahbari Jozef Muskat ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Dastlabki sud ekspertizasi samolyotni qo‘lga olganlar foydalangan qurol mulyaj ekanligini ko‘rsatdi”, — deya yozdi Muskat Twitter’dagi sahifasida.
Shuningdek, Afriqiyah Airways vakillari havo kemasini egallab olgan shaxslar aslida Italiya poytaxti Rimgacha yetib borishni rejalashtirgani, biroq yoqilg‘i yetishmagani tufayli Maltaga qo‘nganini bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)