Rossiyaning Irkutsk shahrida “Boyarishnik” suyuqligi bilan ommaviy zaharlanish oqibatida halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “TASS” sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
“Ayni paytga qadar yana bir kishi tibbiy muassasada vafot etdi. Jami 121 kishi jabrlandi, ularning 19 nafari kasalxonaga yotiqizilgan, 75 kishi vafot etdi, shu jumladan, 44 kishi tibbiyot muassasalarida olamdan o‘tdi”, — deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
Rossiyaning Irkutsk viloyatida 17-dekabrdan 23-dekabrga qadar 120 dan ortiq fuqaro tarkibida spirt bo‘lgan “Boyarishnik” soxta konsentratidan zaharlandi.
Izoh (0)