Filippin prezidenti Rodrigo Duterte BMTni yoqib yuborish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“BMTga shikoyat qilishingiz mumkin. Agar Amerikaga borsam, bu tashkilotni yoqib yuboraman”, — deya po‘pisa qilgan Duterte Zamboanga shahridagi harbiy bazada chiqishi chog‘ida.
Filippin prezidentining navbatdagi noroziligiga xalqaro tashkilot qoshidagi huquq himoyachilarining narkosavdoga aloqadorlikda ayblangan kishilar o‘ldirilishini tekshirishni talab qilgani sabab bo‘ldi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Duterte hokimiyatga kelganidan beri mamlakatda narkosavdo bilan bog‘liq 6 mingdan ortiq odam o‘ldirildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Duterte Davao shahri meri lavozimida ishlagan vaqtlarida jinoyatni sodir etishda gumonlanganlarni shaxsan o‘zi o‘ldirganini ma’lum qilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)