13-dekabr kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb yozadi “Review.uz”.
Nursulton Nazarboyev amnistiya davlat tomonidan yaxshi niyat belgisi ekanligini ta’kidladi. Davlat rahbari qayd etishicha, mustaqillik yillari davomida mamlakatda 8 marta amnistiya e’lon qilingan.
“Amnistiya jami 28 mingga yaqin fuqarolarni qamrab olishi kutilmoqda. Bu Mustaqilligimiz yubileyi arafasidagi katta insonparvarlik aksiyasidir”, — dedi Nazarboyev.
Prezident 1500 kishi axloq tuzatish muassasalaridan ozod qilinishini, ularning 80 foizi probatsiya xizmati nazorati ostida qolishini ma’lum qildi.
Izoh (0)