AQSh prezidenti Barak Obama Saudiya Arabistoniga qurol-yarog‘ yetkazib berishni cheklashga qaror qildi, deb yozadi “Interfaks”. Bunga qo‘shni Yamanda kuzatilayotgan og‘ir vaziyat sabab bo‘ldi.
Yamandagi qurolli nizo 2014-yildan buyon davom etmoqda. Isyonchi xusiylar va armiyaning Yaman sobiq prezidenti Ali Abdulla Solihga sodiq qismi prezident Abdu Rabbo Mansur Hodiyga qarshi kurashmoqda, uni esa Saudiya Arabistoni rahbarligidagi arab koalitsiyasi kuchlari qo‘llab-quvvatlamoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Yamandagi nizo chog‘ida 7 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 37 ming kishi yaralangan.
Izoh (0)