Rossiya Markaziy harbiy okrugi tinchlikparvar brigadasi bo‘linmalari tog‘-cho‘l hududidagi notanish poligonlarda tayyorlanish uchun Samara viloyatidan Tojikistonga joylashtirildi, deb yozadi “TASS” MHO qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkinga tayanib.
“Avtomatik o‘qotar qurol bilan qurollangan bo‘linmalar Lyaur poligonida tog‘-cho‘l hududida harbiy o‘quv vazifalarini bajarishga kirishdi. Amaliy harakatlar chog‘ida rossiyalik harbiy xizmatchilar shartli obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, nazorat o‘tkazish punktlari va kuzatuv postlaridagi harakatlarni mashq qilmoqda”, — dedi Roshchupkin.
“Tojikiston hududidagi Rossiya qo‘shinlari soni tinchlikparvarlar kelganidan so‘ng xalqaro kelishuvlarda belgilab berilgan ko‘rsatkichlardan oshgani yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)