Yaponiya rahbariyati mamlakatga Janubiy Kuril orollari berilgan taqdirda, u yerga AQSh harbiy bazalari joylashtirilishi mumkinligini faraz qilmoqda, deb yozadi Meduza. Ushbu masala Yaponiya Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Syotaro Yatining Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
“TASS” manbasi ma’lum qilishicha, Yati Patrushevni bazalar joylashtirilishi ehtimoli haqida xabardor qilgan, chunki Yaponiyaning istalgan suveren hududi AQSh bilan xavfsizlik kafolatlari haqidagi shartnoma ta’siriga tushadi. Patrushev va Yatining uchrashuvi 9-noyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan.
Shu bilan birga, avvalroq The Asahi Shimbun gazetasida Yaponiya sobiq bosh vaziri Yosiro Morining intervyusi chop etilgan edi, u o‘z davrida prezident Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida Rossiya yetakchisini Kuril orollariga Amerika bazalarini joylashtirib bo‘lmasligiga ishontirganini aytib bergan edi.
Izoh (0)