AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp deyarli har kuni razvedka xizmatlari xodimlari brifinglarida ishtirok etmoqda. Bu haqda yangi ma’muriyatda Oq uy apparati rahbari lavozimini egallaydigan Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi raisi Rayns Pribes ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Razvedka xizmatlari brifinglari deyarli har kun o‘tkaziladi. Trampning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadigan 20-yanvar yaqinlashgan sari ularning soni yanada ko‘payadi, deb taxmin qilish mumkin”, — deya ta’kidladi siyosatchi.
Pribes saylangan prezident albatta razvedkadan ma’lumotlar olayotganini bildirdi.
“Bu har kuni bo‘layotganiga ishonchim komil emas, biroq tez-tez bo‘lib turgani aniq. U o‘rganayotgan odam, axborot bilan qurollanishni istaydi. Ko‘p savol beradi va diqqat bilan tinglaydi”, — deb izoh berdi Pribes.
Oldinroq The Washington Post nashri Trampni ma’muriyatini shakllantirish bilan ovora ekanligi va vaqti kamligi uchun razvedka xodimlari brifinglariga kam borishini bildirgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)