Afg‘oniston shimolidagi Jo‘zjon viloyatida IShID yetakchilaridan biri Muhammad Nosir yo‘q qilindi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, Khaama Press ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Rasmiylarga ko‘ra, terrorchi Darzab shahri yaqinida, jangarilar xavfsizlik kuchlari postlaridan biriga hujum boshlaganidan so‘ng o‘ldirildi.
Shahar ma’muriyati rahbari Muhammad Nosir yo‘q qilinganini tasdiqladi, shuningdek, janglar chog‘ida IShIDning yana kamida ikki nafar jangarisi jarohat olganini bildirdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)