Kaliforniyaning Oklend shahridagi omborxonada chiqqan yong‘in natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 24 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi Meduza okrug sherifiga tayanib. Uning aytishicha, boshqa qurbonlarning ham jasadlari topilishi mumkin.
Avvalroq hukumat to‘qqiz kishi halok bo‘lgani va 20 dan ortig‘i bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan edi.
Yong‘in Oklenddagi omborxonada 3-dekabr kuni yuz berdi. Hodisa chog‘ida binoda ziyofat kechasi o‘tkazilayotgan edi, u yerda 50 dan 100 kishigacha bo‘lgan. Omborxona shaharda “arvoh kema” sifatida mashhur bo‘lib, u yerda rassomlar noqonuniy tarzda yashagan va turli tadbirlar tez-tez o‘tkazilgan.
Izoh (0)