Iroqning Mosul shahrida 3-dekabr, shanba kuni yuz bergan portlash oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, minalashtirilgan transport vositasi shaharning sharqiy qismidagi Al-Qadisiya dahasida harakatga keltirilgan.
BMTning Iroqqa ko‘mak berish missiyasi (UNAMI) noyabr oyining o‘zida mamlakatda teraktlar, zo‘ravonlik va qurolli mojarolar tufayli 2,8 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani, 1,38 mingdan oshiq kishi yaralanganini bildirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)