Ispaniya La Ligasining 14-turidan joy olgan “El-Klasiko”ni muxlislar orziqib kutdi. 3-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da start oladigan bellashuvga “Kamp Nou” stadioni mezbonlik qiladi.
13-turdan keyin “Real” hisobida 33, “Barselona”da 27 ochko bor. Mazkur ikki jamoa dastlabki ikki o‘rindan joy olgan.
Ortda qolgan turlar davomida Madrid klubini mag‘lub etadigan jamoa topilmadi. “Vilyarreal”, “Las-Palmas”, “Eybar” klublarigina durang o‘ynashga erishdi.“Barselona” esa allaqachon 2 bor mag‘lubiyat qabul qilib olgan. “Alaves” va “Selta” klublari kataloniyaliklarni taslim qilishga erishgan. “Atletiko”, “Malaga” hamda “Real Sosyedad” klublari esa “Barsa”ni 2 ochkodan mahrum qilishga erishgan.Ma’lumot uchun, “Barselona” ketma-ket ikki turdan buyon raqiblarini mag‘lub eta olmaydi. “Real” esa qatorasiga olti turdan beri zafar quchib keladi.
Izoh (0)