Rossiyaning “Progress” yuk kemasi Tuva respublikasining tog‘li hududi osmonida 190 km balandlikda halokatga uchradi, uning ko‘pchilik bo‘laklari atmosferada yonib ketdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” “Roskosmos”ga tayanib.
Ta’kidlanishicha, “Progress”ning halokati Xalqaro kosmik stansiyasi tizimlarining normal faoliyat olib borishiga va uning ekipaji hayotiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Davlat komissiyasi vaziyatni tahlil qilmoqda.
Yangi seriyadagi “Progress MS-04” yuk kemasi ortilgan “Soyuz-U” eltuvchi raketasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Xalqaro kosmik stansiyaga 1-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:52 da uchirilgan edi. Kema XKSga 2,5 tonnaga yaqin yuk, jumladan, yoqilg‘i, suv va qo‘shimcha yoqilg‘i quyish tizimlarini eltib berishi kerak edi.
Izoh (0)