• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Prezidenti saylovini muvaffaqiyatli o‘tkazishning muhim omillaridan biriga aylanadi

    Dunyo jamoatchiligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha olib borilayotgan saylov kampaniyasini katta qiziqish bilan kuzatmoqda. “Xalq so‘zi” gazetasi muxbirining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi, tarix fanlari doktori, professor Temir Shirinov bilan suhbati ana shu jarayon haqida bo‘ldi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    — Haqiqatan ham, dunyo hamjamiyati nigohi kechayotgan qizg‘in jarayonga qaratilgan, — deydi T. Shirinov. — Joriy yilgi saylov kampaniyasini yoritish uchun jahonning 30 ta mamlakati axborot agentliklari jurnalistlarini akkreditatsiyadan o‘tkazdik. Bundan tashqari, 500 nafardan ortiq xalqaro va xorijlik kuzatuvchilar saylovni kuzatishda ishtirok etish istagini bildirishdi. Ular MDH, Osiyo, Afrika, Yevropa hamda Amerikaning 40 mamlakati huquqshunos-olimlari, siyosatshunoslari, jamoat arboblari, parlament va saylov organlari vakillaridir. Mamlakatimizga Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroqo‘mi singari xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar missiyalari yuborildi. 1999-yildan beri birinchi marta YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining uzoq va qisqa muddatli kuzatuvchilaridan iborat to‘laqonli missiyasi saylovni kuzatadi.

    — Saylovning umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga mosligi uning demokratiya, haqqoniylik va adolatlilik tamoyillari asosida o‘tkazilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston saylov tizimini shakllantirishda bu jihatlar qanday o‘rin tutadi?

    — Bundan 24 yil muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligi prinsipi belgilab qo‘yilgan. Bu yosh davlatimizning xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvining qonuniy asosi bo‘ldi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng BMT, YXHT, MDH, ShHT, IHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda davlatlararo tashkilotlar a’zolari qatoridan munosib o‘rin egalladi. Umuman, mamlakatimiz bugun yuzdan ortiq tashkilotlar faoliyatida ishtirok etib, ko‘p tomonlama hamkorlik borasida turli tuzilmalar bilan aloqalarni faol rivojlantirmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010-yil noyabr oyida ilgari surilgan hamda parlament tomonidan qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi davlat va jamiyat hayotini eng yuqori demokratik talablar asosida yangilashning o‘ziga xos strategiyasi bo‘ldi.

    — Ma’lumki, Konsepsiyada saylov qonunchiligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Unda belgilab berilgan vazifalar xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qanday xizmat qilmoqda?

    — Konsepsiyada milliy saylov tizimini modernizatsiya qilish demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ochiq fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning tarkibiy qismi sifatida alohida yo‘nalish etib belgilangan. Shu o‘rinda jamiyat va davlat hayotining barcha jabhasini chuqur hamda har tomonlama isloh qilish va taraqqiy topgan demokratik davlatlarning tajribasini o‘rganishga ustuvor ahamiyat qaratilganini ta’kidlash zarur. Chunonchi, so‘nggi olti yil davomida Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda va xorijda 160 ga yaqin yirik xalqaro tadbirlar, shu jumladan, 43 ta xalqaro anjuman, 33 ta seminar, 81 davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarga 700 nafardan ziyod xalqaro ekspert jalb qilindi. Ular dunyoning 47 mamlakati vakillari bo‘lib, 130 ta nufuzli xorijiy tadqiqot markazlarida faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, yurtimizdagi 20 ta ilmiy-tadqiqot markazining ikki ming nafardan ortiq vakillari mazkur anjumanlarda qatnashdi.

    Bu sa’y-harakatlar dunyoning yuzdan ziyod yetakchi ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli va amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlash imkonini berdi. Germaniya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Rossiya hamda Sharqiy Yevropa va Osiyo—Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hamda ilmiy markazlari shular jumlasidandir. Shuningdek, BMT, YXHT, MDH, Milliy demokratiya instituti (AQSh), Germaniyaning F.Ebert va K.Adenauer jamg‘armalari, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Demokratiya va saylovlarni tashkil qilish xalqaro instituti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan ham samarali hamkorlik olib borilmoqda.

    Bunday xalqaro forum hamda amaliy hamkorlik aloqalari natijalari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”, “Elektron hukumat to‘g‘risida”, “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi kabi muhim qonunlar hamda 30 dan ortiq boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va qabul qilishda qo‘l keldi.

    Bevosita saylov mavzuida 10 ga yaqin yirik xalqaro anjumanlar, davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etildi. Ularda AQSh, Fransiya, Yaponiya, Isroil, Germaniya, Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, Latviya, Gretsiya, Turkiya, Norvegiya, Xitoy hamda MDH mamlakatlari ekspertlari ishtirok etdi.

    Xorijiy mamlakatlarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish amaliyotini o‘rganish maqsadida so‘nggi 5 yil davomida o‘zbekistonlik ekspertlarning Fransiya, Ispaniya, Polsha, Daniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Hindiston singari davlatlarga yigirmadan ziyod safarlari uyushtirildi.

    Dunyoning yetakchi davlatlari, xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya, AQSh, Belgiya, Niderlandiya parlamentlari vakillarining mamlakatimizga tashriflari ham saylov qonunchiligi va amaliyotini rivojlantirishda muhim o‘rin tutdi. Ushbu tashriflar doirasida saylov jarayonini takomillashtirish masalalari bo‘yicha brifinglar, davra suhbatlari, anjumanlar hamda ekspertlar muloqoti tashkil etildi.

    Shu o‘rinda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini alohida qayd etish joiz. Institut tomonidan taraqqiy etgan demokratik davlatlar ilg‘or tajribalarini o‘rganish maqsadida xorijiy mamlakatlar saylovlarini masofaviy monitoring qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Unga muvofiq, xorijiy davlatlarning saylovga oid materiallari umumlashtirilib, tahlil qilib borilmoqda. Mazkur monitoring natijalari milliy saylov qonunchiligi hamda amaliyotini takomillashtirish jarayonida AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Avstriya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir eng ilg‘or tajribalaridan foydalanish imkonini berdi.

    — O‘zbekiston Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Mamlakat saylov tizimini takomillashtirishda YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik aloqalari haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

    — Saylovlarning xalqaro kuzatuvlarini amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan eng nufuzli tuzilmalardan biri — YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan tajriba hamda axborot almashish saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

    Markaziy saylov komissiyasi, parlament palatalari, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti vakillari YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyalari tarkibida Armaniston, Moldova, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatdi. Vakillarimiz kuzatuv doirasida qonunchilikni, xorijiy davlatlarda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlarini batafsil o‘rgandi.

    Markaziy saylov komissiyasi hamda YXHTning “O‘zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida Markaziy saylov komissiyasi mutaxassislari YXHT ishtirokchi-mamlakatlarining saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, saylov amaliyotini demokratlashtirish, jumladan, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini tatbiq qilish sohasidagi tajribasi bilan tanishdi.

    YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyalari O‘zbekistonda 1999, 2004, 2009 hamda 2014-yillarda parlament saylovini, 2007, 2015- yillarda esa Prezident saylovini kuzatgan. Bunday hamkorlik natijasida saylovning huquqiy asoslari izchil takomillashtirildi, saylov qonunchiligimizga umume’tirof etilgan xalqaro standartlar to‘liq implementatsiya qilindi.

    — Mamlakat a’zo bo‘lgan boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida saylov qonunchiligini takomillashtirish sohasida hamkorlik qanday rivojlanmoqda?

    — Markaziy saylov komissiyasi va parlament a’zolari, tadqiqot markazlari mutaxassislari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari missiyalari tarkibida muntazam ishtirok etib keladi. Xususan, ular Armaniston, Ozarbayjon, Rossiya, Belarus, Ukraina, Koreya Respublikasi, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Buyuk Britaniya hamda boshqa mamlakatlarda ish olib borishdi. Bunday keng miqyosli hamkorlik aloqalari, pirovardida saylov qonunchiligi va amaliyotini izchil takomillashtirish, boshqa davlatlar hamda tuzilmalarning saylov tizimini rivojlantirish sohasida mamlakatimiz bilan aloqalarni kengaytirishga bo‘lgan qiziqishining ortishiga olib keldi. Masalan, 2010 — 2016-yillarda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Latviya, Litva, Koreya Respublikasi markaziy saylov organlari bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi.

    O‘zbekiston 2013-yilda dunyoning 94 ta mamlakati bilan birga Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasini ta’sis etish tashabbuskorlaridan bo‘ldi. Bu yurtimizning xalqaro saylov huquqini rivojlantirish sohasidagi muhim hissasi sifatida e’tirof etildi. Mazkur tuzilma aynan saylov huquqi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan. Bugungi kunda u dunyoning 106 ta mamlakati saylov organlari sa’y-harakatlarini birlashtirib, davlatlarda saylovlarning demokratiya, haqqoniylik, ochiqlik va erkinlik singari prinsiplar asosida o‘tkazilishiga xizmat qilayotgan nufuzli tashkilotga aylandi.

    Hozirgi vaqtda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va YXHT ko‘magida O‘zbekistonda saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini yaratish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda. Bu xalqaro huquq qoidalarini milliy saylov qonunchiligiga izchil implementatsiya qilish, fuqarolar saylov huquqi kafolatlarini mustahkamlash borasida navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.

    26.11.2016, 16:58   Izoh (0)   6011
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xatamjon Ketmonov Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda narxlar va tariflar o‘sishi inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lmasligini ta’minlashga e’tibo...

    26.11.2016, 16:01

    O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 28-noyabrgacha sel kelishi xavfi bor

    26.11.2016, 15:56

    Profi Education yotoqxonasida ahvol qanday?

    26.11.2016, 09:37

    Siyosiy partiyalar kuzatuvchilarining ishtiroki Prezident saylovi adolatli, ochiq va oshkora o‘tishiga xizmat qiladi

    25.11.2016, 16:53

    Yagona portalda endi elektron raqamli imzo talab qilinmaydi

    25.11.2016, 13:03

    “Argumenti i fakti”: Prezident saylovi O‘zbekiston va uning xalqi hayotida favqulodda muhim ahamiyatga ega

    25.11.2016, 12:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.