Bosh vazir virtual qabulxonasi orqali fuqarolardan tushayotgan ko‘p sonli so‘rovlar tufayli Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat organlariga murojaatlar yuborish chog‘ida talab qilinadigan majburiy elektron raqamli imzo bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
Yagona portal orqali nafaqat ariza qoldirish, balki davlat organlari rahbarlari qabuliga ham yozilish mumkin.
Vazirlik eslatishicha, bosh vazir virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) va Yagona portaldan tashqari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining ham shaxsiy onlayn-qabulxonalari mavjud.
Izoh (0)