• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Siyosiy partiyalar kuzatuvchilarining ishtiroki Prezident saylovi adolatli, ochiq va oshkora o‘tishiga xizmat qiladi

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlar, shuningdek, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi qatnashish huquqiga ega. Binobarin, saylovda siyosiy partiya kuzatuvchisining ishtirok etishi, uning vakolati doirasidagi vazifalarni qonundan og‘ishmagan holda bajarishi saylovning adolatli, ochiq va oshkora o‘tishiga xizmat qiladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Markaziy saylov komissiyasining shu yil 7-oktabrda qabul qilingan qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashuvchi siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kuzatuvchining asosiy vazifasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir tadbirlarda partiya manfaatlarini ko‘zlab, saylov qonunchiligiga to‘liq rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

    Muayyan siyosiy partiyaning a’zosi, uning tarafdori yoxud mazkur siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi ushbu siyosiy partiyadan kuzatuvchi sifatida ishtirok etishga haqli.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar o‘z kuzatuvchilari tarkibini shakllantirdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, okrug saylov komissiyalari tomonidan siyosiy partiyalarning 37 ming 500 nafarga yaqin kuzatuvchisi ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga mandatlar berilgan. Siyosiy partiyalar saylov shtablari tomonidan kuzatuvchilarining siyosiy-huquqiy bilimlarini yanada yuksaltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

    O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy saylov shtabi tomonidan onlayn tarzida o‘tkazilgan respublika o‘quv seminari kuzatuvchilarning saylovda munosib ishtirok etishiga bag‘ishlandi. Markaziy saylov komissiyasi mas’ul xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari hamda hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari va partiya kuzatuvchilari qatnashgan tadbirda milliy saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish hamda qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil qilindi.

    Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham saylov kampaniyasining eng muhim pallasida partiya manfaatlarini himoya qilish, ovoz berishning qonun talablariga og‘ishmasdan o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida o‘z kuzatuvchilari salohiyatini oshirishga, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Partiya faollari orasidan 9 ming 335 nafar kuzatuvchi tayinlanib, okrug saylov komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

    O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy saylov shtabi ham kuzatuvchilarning siyosiy va huquqiy bilimini oshirish, ularning huquq hamda vazifalarini keng tushuntirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

    — Saylovlarning ochiq va oshkoraligi, shaffofligini kafolatlashning muhim omili sanalgan kuzatuvlar dastlabki hamda asosiy davrga bo‘linadi, — deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy saylov shtabi rahbari R. Kamilov. — Dastlabki kuzatuv davri saylov kuniga qadar bo‘lgan jarayonni qamrab oladi. Bundan tashqari, kuzatuvchi tomonidan okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida, saylovoldi tashviqoti vaqtida hamda ovoz berishdan bir kun oldin siyosiy partiya manfaatlarini himoya qilish maqsadida kuzatuv amalga oshiriladi. Uchastka saylov komissiyasi ovoz berish kuni o‘z ishini boshlagan paytdan to saylov natijalari haqidagi bayonnoma imzolanib, kuzatuvchi tomonidan uning nusxasi olingunga qadar bo‘lgan vaqt asosiy kuzatuv davri hisoblanadi. Kuzatuvchilarimiz mana shu jarayonlarda faollik hamda ziyraklik ko‘rsatishi, partiya manfaatlarini himoya qilib, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishi zarur.

    O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham saylovda kuzatuvchi institutidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, shu kunga qadar partiyaning 9 ming 335 nafar kuzatuvchisi okrug saylov komissiyalari tomonidan ro‘yxatga olindi. Hozirgi vaqtda partiya kuzatuvchilarini saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatishga tayyorlash yuzasidan faol ish olib borilmoqda.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    25.11.2016, 16:53   Izoh (0)   5213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yagona portalda endi elektron raqamli imzo talab qilinmaydi

    25.11.2016, 13:03

    “Argumenti i fakti”: Prezident saylovi O‘zbekiston va uning xalqi hayotida favqulodda muhim ahamiyatga ega

    25.11.2016, 12:39

    Markaziy saylov komissiyasida Yaponiya elchixonasi kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    25.11.2016, 12:11

    Toshkentda “Neft va gazni qayta ishlash, muqobil yoqilg‘i” mavzusida ilmiy-texnik konferensiya tashkil etildi

    25.11.2016, 10:46

    O‘zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari ishtirokida BCI talablariga javob beradigan paxta yetishtirish masalasi muhokama etildi

    25.11.2016, 10:23

    Alvis Eglitis: O‘zbekistonda saylovoldi kurashini yoritishda zamonaviy jurnalistik usullar juda faol qo‘llanilmoqda

    25.11.2016, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Qozog‘iston Jennifer Lopes konsertidan qancha daromad topdi?

    14 avgust, 09:30

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Putin urushni to‘xtatmasa, oxiri juda yomon bo‘ladi” — Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 11:00

    “Keyingi 48 soat hal qiluvchi”: Ukraina armiyasi Donbassdagi muhim shaharda qurshovda qolishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 10:49

    “Manchester Siti” “Monako” futbolchisi uchun 80 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 14 avgust, 10:27

    Bir urushdan boshqasiga: G‘azodagi falastinliklar Janubiy Sudanga ko‘chirilishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 10:21

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ra’no Shodiyeva, sovg‘alar “yomg‘iri”ostida qolgan Jey Lo, Yulduz Usmonovaning bir kuni qanday o‘tadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 10:12

    O‘zbekistonda 15-avgust kuni havo harorati yana pasayadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 09:59
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.