Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatning yirik kompaniyalari qatoriga kiruvchi SK va Lotte ofislarida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur kompaniyalar prezident Pak Kin Xening yaqin dugonasi Chxve Sun Sil nazorati ostidagi ikki notijorat fondi hisob raqamiga biznesda ko‘mak berish evaziga yirik miqdorda xayriya mablag‘i o‘tkazib berishda gumon qilinmoqda.
Yonhap agentligiga ko‘ra, ofislardagi tintuvlar chog‘ida tergovchilar tomonidan qattiq disklar va hujjatlar qo‘lga kiritilgan. Ularda soliqdan ozod etilgan kompaniyalar faoliyatiga oid ma’lumotlar mavjudligi bildirilmoqda.
Tergovchilar strategiya va moliya vazirligida ham tintuv o‘tkazdi. Oxirgi bor vazirlikda bundan 10 yil avval tintuv o‘tkazilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)