Yaponiya poytaxti Tokioda 54 yil ichida birinchi marta noyabr oyida qor yog‘di, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” NHK telekanaliga tayanib.
Birinchi noyabr qori 24-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan 06:15 (Toshkent vaqti bilan 02:15)da shahar markazida qayd etildi. Bundan tashqari, qor Yokogama, Kofu, Utsunomiya, Mayebasi va Mito shaharlarida ham yog‘di.
Sinoptiklar fikriga ko‘ra, 25-noyabr, juma kuni ertalabgacha Tokioga ikki santimetrgacha qor tushishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida, Yaponiya poytaxtidagi transport bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishiga olib keladi.
Izoh (0)