AQShning CNN telekanali “Muqobil o‘ng harakat asoschisiyahudiylar ham insonmi deya savol bermoqda” degan ekran yozuvi uchun uzr so‘radi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mazkur titr millatchi Richard Spenserning fikrlari keltirilgan The Lead ko‘rsatuvi efirida paydo bo‘ldi. Spenserning so‘zlari ham ekranda ko‘rsatilgan va to‘liq holda quyidagicha edi: “Ular umuman insonmi yoki bor-yo‘g‘i hissiyotsiz golemlarmi (loydan iborat afsonaviy mavjudotlar), shu haqda o‘ylab ko‘rish kerak”. Aslida iqtibosda gap yahudiylar haqida emas, prezidentlik saylovi kampaniyasini bir tomonlama yoritgan OAV haqida ketgandi.
Efirdan so‘ng boshlovchi Jim Shutto titr nomaqbul bo‘lganini tan oldi va uni ekranga bahs ishtirokchilari emas, prodyuserlar chiqargani eslatib o‘tdi. Ko‘rsatuv muallifi Jek Tepper (Shutto ko‘rsatuvni uning o‘rniga olib bordi) yozuvni “o‘ta tuban” deb atadi va, garchi bu paytda ta’tilda bo‘lsa ham, u efirda paydo bo‘lgani uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.
Izoh (0)