Qozog‘iston parlamenti deputatlari respublika poytaxti Ostonani prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga qayta nomlashni taklif qilmoqda, deb yozadi “TASS”.
O‘z tashabbusini ular respublika qonun chiqaruvchi organining ikkala palatasi qo‘shma majlisida ma’lum qildi.
“Mamlakat konstitutsiyasida birinchi prezident — Millat yetakchisi Nursulton Abishevich Nazarboyevning davlatimiz qurilishiga qo‘shgan mislsiz hissasini qayd etishni taklif qilamiz. Yel basi (millat yetakchisi) ismi poytaxt hamda mamlakatning boshqa muhim obyektlari nomida aks ettirilsin”, — deyiladi 16-dekabrda nishonlanadigan Qozog‘iston mustaqilligining 25 yilligi deklaratsiyasi loyihasida.
Izoh (0)