Xalqaro aksilterror koalitsiya aviatsiyasi Iroqning Anbar viloyatida IShIDning 20 dan ortiq jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda general Qosim al-Muhammadiy bayonotiga tayanib, Al Sumaria telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“IShIDning 23 nafar jangarisi terrorchilarga tegishli ikki shtabga berilgan aviazarbalar natijasida o‘ldirildi”, — deya ta’kidladi general.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yil dekabrida Iroq qo‘shinlari IShID terrorchilaridan viloyat ma’muriy markazi Ramadi shahrini, yozda esa viloyatning ikkinchi yirik shahri al-Fallujani ozod qilgandi. Oktabrda strategik jihatdan muhim Xit shahri ustidan nazorat o‘rnatildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)