Liviya janubidagi Sabha shahrida ikkita dushman oila o‘rtasida to‘rt kundan buyon davom etayotgan qurolli nizo natijasida kamida 16 kishi halok bo‘ldi va 50 ga yaqini yaralandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qirg‘inga maymun sababchi bo‘ldi. Gap shundaki, Kaddadfa urug‘idan bo‘lgan do‘kondorga tegishli jonivor do‘kon yonidan o‘tib ketayotgan o‘quvchi qizlarga tashlanib qoldi. Maymun Avlod Sulaymon urug‘i vakili bo‘lgan qizning bosh kiyimini olib qo‘ydi. Buning uchun qizning qarindoshlari o‘zlariga dushman bo‘lgan oilaning uch vakilini va maymunni o‘ldirdi.
Shundan so‘ng, mahalliy fuqarolar so‘zlariga ko‘ra, shaharda tank, minomyot va boshqa og‘ir qurollar ishtirokida janglar boshlandi.
Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ag‘darilgach, Liviyada qurolli nizolar to‘xtovsiz davom etmoqda. Poytaxt Tripolidan 660 km masofada joylashgan Sabha shahri tartibsizliklar o‘chog‘i va qurol-yarog‘ kontrabandasi markazlaridan biri hisoblanadi. Ushbu hududdagi eng ta’siri kuchli urug‘lar — Kaddadfa va Abu Sulaymondir.
Izoh (0)