Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri, poraxo‘rlikda ayblanib hibsga olingan Aleksey Ulyukayev unga cheklash chorasi sifatida chetga chiqishni taqiqlashni so‘radi, negaki u 84 va 85 yoshli ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Lekin sudning har qanday qarorini qabul qilaman”, — qo‘shimcha qildi u.
Ulyukayev, shuningdek, tergov bilan maksimal darajada hamkorlik qilish niyatini bildirdi.
“Moliyaviy yil oxirlamoqda. Shu bois Ulyukayevni ozodlikda qoldirish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi”, — dedi uning advokati Timofey Gridnev.
Bir muddat ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ulyukayevni vazirlik lavozimidan ozod qilgani ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)