Moldovaning saylangan prezidenti Igor Dodon lavozimini egallaguncha davlat tomonidan qo‘riqlanishidan voz kechdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Qasamyod keltirganidan keyingina Moldova respublikasi prezidenti mandati amalga oshirilishi boshlanadi. Qonunchilik talablarini bajarishingiz va meni himoya qilish uchun yuborilgan Davlat qo‘riqlash xizmati zobitlarini chaqirib olishingizni so‘rayman. Prezidentlik mandati amalga oshirilishi boshlangunicha qo‘riqlashni ta’minlashni talab etuvchi qandaydir holat yoki xavf mavjud emasligini ta’kidlamoqchiman”, — deyiladi siyosatchi Davlat qo‘riqlash xizmati direktoriga yo‘llagan va Facebook’dagi sahifasida joylashtirilgan maktubida.
Dodon, shuningdek, mamlakat markaziy saylov komissiyasi saylovlarning rasmiy natijalarini e’lon qilmagani, ularni Konstitutsiyaviy sud tasdiqlamagani va prezident sifatida qasamyod keltirmaganini eslatib o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)