O‘zbekiston delegatsiyasi 17-noyabr, payshanba kuni Saudiya Arabistonining Makka shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, IHT yangi Bosh kotibi nomzodini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston delegatsiyasining Makkaga tashrifi doirasida IHT Bosh kotibiyatida hamda boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekistonning tashkilot TIVKdagi raisligining ustuvor maqsadlarini amalga oshirish jarayoni hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining oxirgi, 43- sessiyasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgandi.
Izoh (0)