• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat bojxona qo‘mitasiga joriy yilning 10 oyi davomida 1000 ga yaqin murojaat kelib tushdi

    “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablaridan kelib chiqib, Davlat bojxona qo‘mitasi va hududiy bojxona boshqarmalari rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar uchun kunlik soat 8 dan 17 gacha shaxsiy qabullar tashkil qilinmoqda. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    Aholi va tadbirkorlar tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida va tezkorlik bilan ko‘rib chiqish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi veb-saytidagi “Savol yo‘llash” xizmati negizida “Virtual qabulxona” tashkil qilindi. Davlat bojxona qo‘mitasi veb-sayti orqali tez-tez yo‘llanadigan dolzarb savollar va ularning javoblari saytning “So‘ragan edingiz!” rukni orqali e’lon qilib borilmoqda.

    Veb-saytda bojxona organlarining respublika (120-76-33) va viloyatlar miqyosida faoliyat olib borayotgan barcha ishonch telefonlari, tadbirkorlar va TIF ishtirokchilari uchun joriy qilingan doimiy ishonch telefoni (120-76-27) raqamlari alohida sahifada joylashtirilgan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Davlat bojxona qo‘mitasi ishonch telefonlariga 44 ta murojaat kelib tushdi.

    Joylarda aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashni tubdan qayta ko‘rib chiqish va ularning muammolari va e’tirozlarini joyida hal etish, aholi bilan ishlash madaniyatini oshirish maqsadida DBQ rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabul qilish, ularni qiziqtirgan savollarga javob topish hamda mavjud muammolarni yechish bo‘yicha uchrashuvlari tashkil etilmoqda. 2016-yilning 10 oyi davomida DBQ rahbariyati tomonidan jami 115 marotaba jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalari ijobiy hal etildi.

    Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida DBQga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 959 ta murojaat kelgan. Shundan 412 tasi yoki 42,9 foizi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushdi.

    Murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari bo‘yicha 85 ta, ishdan (o‘qishdan) noqonuniy bo‘shatilganligi va ishga (o‘qishga) tiklash to‘g‘risida 149 ta, bojxona nazoratini o‘tkazish va rasmiylashtiruv to‘g‘risida 485 ta, bojxona to‘lovlaridan ozod qilish va imtiyozlar to‘g‘risida 91 ta, musodara etilgan tovar-moddiy boyliklari yoki jarimalarni qaytarish to‘g‘risida 31 ta va 118 ta boshqa masalalarga doir murojaat kelib tushdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi orqali joriy yil 10-noyabriga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan bojxona organlariga 241 ta (jismoniy shaxslardan 204 ta, yuridik shaxslardan 37 ta) murojaat kelib tushdi. Ularning 92 tasi bojxona organlarida ishga yoki o‘qishga tiklash masalalarini qamrab olgan bo‘lsa, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi, bojxona imtiyozlarini qo‘llashga doir murojaatlar 63 tani tashkil qildi. Murojaatlarning 43 tasi esa musodara etilgan tovar-moddiy boyliklari yoki jarimalarni qaytarish to‘g‘risida, 27 tasi bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari bo‘yicha, 16 tasi turli masalalarga oid.

    DBQda qayd etilgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda jismoniy va yuridik shaxslarni bojxona rasmiylashtiruvi hamda imtiyozlar bilan bog‘liq masalalar qiziqtiradi. Jumladan, 2016-yil 10 oyi davomida kelib tushgan murojaatlarning 576 tasi yoki jami murojaatlarning 60 foizi aynan bojxona rasmiylashtiruvi yoxud bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llash masalalariga tegishli.

    Masalan, Davlat bojxona qo‘mitasiga yozma ravishda murojaat qilgan “Sonora” kompaniyasi rahbari N.Yonassning murojaati ijobiy hal qilinib, unga tegishli tovarlarni rasmiylashtirish chog‘ida ortiqcha to‘langan 512 ming so‘mdan ortiq bojxona to‘lovi qisqa fursatda qaytarib berildi.

    Davlat bojxona qo‘mitasi veb-sayti orqali murojaat yo‘llagan R.Fettayev o‘z murojaatida u faoliyat yuritayotgan “Asaka Kotton Impeks” MChJ xorijiy davlatdagi hamkori bilan tovarlarni eksport qilish bo‘yicha eksport shartnomasini imzolaganini ma’lum qilgan. Shartnoma imzolanib, “Angren” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida hisobga qo‘yiladi. Shu orada xorijiy sheriklarning bank rekvizitlari o‘zgargani bois tomonlar shartnomaga qo‘shimcha kelishuvni imzoladi. Ammo mazkur kelishuv avvalgi rekvizitlar asosida hisobga qo‘yilgani bois tadbirkorning tovari xorijga chiqmay turib qoladi. Mazkur murojaat zudlik bilan o‘rganib chiqilib, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimidagi ma’lumotlarga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Natijada tadbirkor murojaat qilgan kunning o‘zidayoq yuklarini xorijga eksport qilishga muvaffaq bo‘ldi.

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Navoiydan murojaat yo‘llagan “Navoiy pryaja” ishlab chiqaruvchi savdo firmasi direktori V. Jukova jun va sun’iy tolani qayta ishlash uchun 350 ming AQSh dolllari qiymatidagi yangi zamonaviy texnologik asbob-uskunalarni olib kirmoqchi ekanligini ma’lum qiladi va mazkur tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda amaliy yordam so‘raydi. V. Jukovaning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, “Navoiy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan mazkur tashkilotga tegishli yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi qisqa fursatda amalga oshirildi. Eng muhimi, mazkur jarayonlarda unga bojxona to‘lovlaridan 213 million so‘mdan ortiq miqdorda bojxona imtiyozlari qo‘llanildi.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    15.11.2016, 09:59   Izoh (0)   5544
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar 15-noyabrda saylovchilar bilan qayerda uchrashadi?

    15.11.2016, 09:02

    “Navoiyazot” bazasida uchta korxona barpo etiladi

    14.11.2016, 22:41

    O‘zbekistonda sotilmaydigan chiroyli avtomobil raqamlari, Rossiyada eng ko‘p sotilgan Ravon, homilador ayollarga bepul xizmat ko‘rsatuvchi Urganch taksisi va kunni...

    14.11.2016, 20:05

    Toshkentda 15-noyabr kuni havo harorati +20 darajagacha iliq bo‘ladi

    14.11.2016, 19:50

    Jizzax shahrida soniyasiga 24 metr tezlikdagi shamollar kuzatildi

    14.11.2016, 19:31

    Yulduz Oripova otasi Abdulla Oripov nega Qashqadaryoga emas, Toshkentga dafn etilganiga izoh berdi

    14.11.2016, 19:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iliya Topuriya — UFC yengil vazn toifasining yangi chempioni (video)

    Sport | 29 iyun, 12:07

    Mashhurlar hayajonni qanday yengadi: Zendaya, Garri Stayls va Megan Marklning shaxsiy usullari

    Layfstayl | 29 iyun, 11:30

    30 yil avvalgi yirik hisobning takrorlanishi, turnir jadvalidagi ilgarilash: “Navbahor” va “Mashʼal” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 29 iyun, 10:51

    Styuardessalar ularni chetlab o‘tadi: samolyotda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan ichimlik va taomlar

    Layfstayl | 29 iyun, 10:40

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.