27-oktabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 2017-yili Xitoyda bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichining “B” guruhi o‘yinlariga start berildi, deb xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati.
Ushbu guruhdan o‘rin olgan O‘zbekiston U-19 qizlar terma jamoasi dastlabki uchrashuvda Tojikiston qizlariga qarshi maydonga chiqib, 3:0 hisobidagi g‘alabga erishdi.
Uchrashuvning 23-daqiqasida Shahnoza Qurbonova hisobni ochgan bo‘lsa, Shoira Qulto‘rayeva 67-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tgach, jamoa sardori Malika Burxonova ham o‘z hisobiga gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston U-19 qizlar termasining guruhdagi navbatdagi uchrashuvi 31-oktabr kuni Xitoy Taypeyiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
U-19 qizlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralashi
Izoh (0)