XX asr boshlarida shimoliy Atlantikada halokatga uchragan “Titanik” kemasidagi javonning zanglagan kaliti Angliyadagi auksionda 85 ming funt sterlingga (104 ming dollar) sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Associated Press agentligiga ko‘ra, kalit “Titanik” muz qoyasiga urilishi tufayli halok bo‘lgan taxminan 1500 kishidan biri — kemaning 23 yoshli boshqaruvchisiga tegishli bo‘lgan. Uning jasadi topilganidan so‘ng kalit marhumning bevasiga topshirilgandi.
Auksionda kalit 50 ming funt sterlingga sotilishi kutilgani bildirilmoqda.
Izoh (0)