Xitoyning janubiy qirg‘og‘iga “Xayma” to‘foni yopirilishi oqibatida mamlakatga 3,5 milliard yuan (517 million dollar) iqtisodiy zarar yetdi. Tabiiy ofat tufayli 1,69 million kishi jabrlandi. Bu haqda Guandun provinsiyasi fuqarolik ma’muriyati boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
To‘fon Guandun provinsiyasiga 21-oktabr, juma kuni yopirildi. 668 ming fuqaro o‘z vaqtida evakuatsiya qilingani sababli hozirgacha halok bo‘lganlar qayd etilmadi. Biroq 2749 ta turar-joy, 178 ming gektar ekin maydoni vayron bo‘ldi.
Izoh (0)