Iroqning “As-Sumariya” telekanali operatori hukumat kuchlarining Mosul yaqinidagi janubiy hududlarni jangarilardan ozod etish operatsiyasini suratga olish jarayonida halok bo‘ldi. Bu haqda telekompaniya saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
“Operator Ali Risan Mosul janubidagi ash-Sho‘ro manzilida, operatsiya jarayonini yoritish davomida fojiali halok bo‘ldi. Snayper tomonidan otilgan o‘q uning ko‘kragiga tegdi”, — deyiladi telekompaniya bayonotida.
Telekanal xodimi voqea joyida olingan jarohatlar tufayli olamdan o‘tgani bildirilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)