Arxeologlar Istanbuldagi Kyuchekchekmeje ko‘li qirg‘og‘ida tarixda eng yirik ekanligi istisno etilmayotgan qadimiy dori-darmonlar kolleksiyasini topdi. Qurg‘oqchilik tufayli havzadagi suv sathi pasaygani sababli olimlar 1,4 ming yil avvalgi preparatlar qoldig‘i bo‘lgan salkam 700 ta idishni topdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Olimlarga ko‘ra, ko‘l qirg‘og‘ida topilgan dorilar tushkunlikni yengish uchun va yurak kasalliklarida foydalanilgan. Preparatlar kichik keramik idishlarda saqlangan.
Arxeologlar dori-darmon ishlab chiqaruvchi qadimgi sexga duch kelgani taxmin qilinmoqda. Tadqiqochilar idishlardagi moddalar tarkibini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Odamlar salkam 1,5 ming yil avval asosan metanon va fenantren bilan davolangani oydinlashdi. Birinchi vosita analgetik, ikkinchisi aksildepressant sifatida qo‘llangan.
Izoh (0)