Tokiodan taxminan 100 kilometr uzoqda joylashgan Utsunomiya shahridagi istirohat bog‘ida ro‘y bergan portlashga 72 yoshli harbiy pensioner o‘zini portlatib yuborgani sabab bo‘ldi. Bu haqda politsiyadagi manbalarga tayanib, Yaponiya OAVlari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Hodisa oqibatida 2 nafar erkak va 14 yoshli o‘smir jarohatlandi. Ikkinchi portlash bog‘ yaqinidagi avtomobillar turargohida sodir bo‘ldi va uni ham keksa harbiy uyushtirdi. U o‘zining uyiga ham o‘t qo‘ygani, uy tamoman yonib bitgani bildirilmoqda.
OAVga ko‘ra, pensioner o‘z joniga qasd etishdan avval maktub qoldirgan, biroq manbalar keksa kishini bunday harakatga undagan sabablarni ma’lum qilmadi.
Izoh (0)