Xalqaro koalitsiyaning Iroqning Mosul shahri yaqinidagi aviahujumi oqibatida bir oilaning 8 nafar a’zosi o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Al Jazeera telekanaliga ko‘ra, hujum AQSh harbiy samolyotlari tomonidan amalga oshirilgan. Hodisa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pentagon AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqning Dakuk aholi punktidagi motam marosimiga zarba berganini inkor etgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi mazkur hujum oqibatida o‘nlab tinch aholi vakili, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘lganini bildirgan.
Izoh (0)