Turkiya sharqidagi Bingo‘l viloyatida minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida politsiyachi halok bo‘ldi va olti nafari jarohat oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Portlovchi qurilma minalashtirilgan avtomobil yaqinidan politsiya xodimlari avtomobili o‘tib ketayotganida harakatga keltirildi.
Rasmiylar terakt uchun javobgarlikni Kurdiston ishchi partiyasi zimmasiga yukladi.
Izoh (0)