Germaniya parlamenti — Bundestag ko‘pchilik ovoz bilan mamlakat razvedka xizmati (BND) vakolatlarini kengaytiruvchi qonunni qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Yangi qonun xizmatga Germaniya fuqarolari ortidan elektron kuzatish huquqini beradi. Razvedka internetning barcha kanallari orqali o‘tuvchi axborotning 100 foizigacha kuzatib borishi mumkin.
Shuningdek, BND yo‘nalishlari ro‘yxati ham kengaytirildi: terrorizm va kiberjinoyatchilikdan tashqari, razvedka “tashqi siyosat yoki xavfsizlik siyosati jihatidan ahamiyatga ega boshqa ma’lumotlar”ni to‘plash bilan shug‘ullanishi lozim.
Qonun razvedka ustidan rasmiylar nazorati kuchaytirilishini ham ko‘zda tutadi. BND faoliyatining ma’lum bir tomonini nazorat etib boradigan 4 ta komissiya tuzilishi kutilmoqda.
Izoh (0)