Aleppoda gumanitar tanaffus yana bir kunga uzaytirildi. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi operativ boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Rossiya Federatsiyasi prezidenti qarori bilan Aleppo hududidagi gumanitar tanaffus yana bir sutkaga — 22-oktabr, shanba kuni soat 8 dan 19 gacha uzaytirildi. Barcha manfaatdor tomonlar terrorchilar qo‘lida deyarli garovda qolgan tinch aholini qutqarish uchun jangarilarga ta’sir o‘tkazishiga umid qilamiz”, — deya ta’kidladi operativ boshqarma boshlig‘i.
Rudskoyga ko‘ra, jangarilar Aleppoga hujum uchun tank va zirhli mashinalar bilan qurollangan 1,2 ming kishini to‘plagan. Ularga ko‘chma zenit raketa komplekslari yetkazib berilmoqda.
Izoh (0)